Quyi Chotqol GES — yangi quvvat manbai
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan Quyi Chotqol gidroelektr stansiyasi (90 MVt) qurilish maydonida faol qurilish-montaj ishlari davom etmoqda.
7-avgust kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi boshchiligidagi ishchi guruh obyektga tashrif buyurib, qurilish jarayoni bilan tanishdi. Stansiyani joriy yil sentabr oyida ishga tushirish rejalashtirilgan.
Loyiha zamonaviy qurilish texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda ilk bor to‘g‘on zichlangan qatlamli beton texnologiyasi asosida qurilmoqda. To‘g‘on balandligi 60 metr, uzunligi 270 metr, ustki qismi kengligi 7,5 metr bo‘ladi. Suv ombori hajmi 6,8 million kub metrni tashkil etadi.
Bundan tashqari, loyiha doirasida mamlakatda ilk bor to‘g‘on yuvish galereyasida yemirilishga chidamli, mustahkamligi yuqori bo‘lgan (M800 markali) beton ishlatilmoqda.