×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Eco Expo Central Asia: Toshkentda ekologik texnologiyalarga bagʻishlangan birinchi koʻrgazma boʻlib oʻtadi

06.05.2025

19-21 iyun kunlari O‘zbekiston poytaxti yashil innovatsiyalar markaziga aylanadi: Toshkentdagi Central Asian Expo (CAEx) koʻrgazma majmuasida ilk bor xalqaro ekologik texnologiyalar koʻrgazmasi – Eco Expo Central Asia 2025 boʻlib oʻtadi.

Bu shunchaki koʻrgazma emas – bu barqaror kelajak sari yoʻl olgan global ekologik hamjamiyat, sanoat, davlat va xususiy sektorni birlashtiruvchi harakatdir.

Eco Expo Central Asia 2025 – mintaqada ekologik texnologiyalar, ilgʻor tajribalar va yechimlar almashinuvi uchun moʻljallangan birinchi maxsus platforma hisoblanadi. Bu yerda sun’iy intellektdan tortib suvni tejash boʻyicha innovatsion ishlanmalargacha, yashil energetikadan tortib ekoturizmgacha boʻlgan keng yo‘nalishlar namoyish etiladi. Markaziy Osiyo ilk bor Turkiya, Xitoy, BAA, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Saudiya Arabistoni, Germaniya kabi 25 dan ortiq davlatdan kelgan ishtirokchilarni qabul qiladi.

Ko‘rgazmada quyidagilar ishtirok etadi: O‘zbekiston viloyatlari o‘zining yashil tashabbuslari bilan, barqaror amaliyotlarni joriy etayotgan vazirlik va idoralar, ekologik tafakkurni shakllantiruvchi sanoat ta’lim muassasalari, eko-marshrutlar taklif etuvchi turistik maskanlar va boshqalar. Alohida e’tibor quyidagi yo‘nalishlarga qaratiladi: yashil shaharlar, toza texnologiyalar (clean-tech), eko-moliya, muhofaza etiladigan hududlar, yashil transport va obodonlashtirish.

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!