×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Oʻzbekiston va Afgʻoniston 243 million dollarlik energetika shartnomasini imzoladi

18.08.2025

O'zbekiston va Afgʻoniston umumiy qiymati 243 million AQSh dollariga teng boʻlgan yirik energetika shartnomalarini imzoladi.

Marosimda Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari Mulla Abdul G‘ani Barodar hamda O‘zbekiston energetika vaziri Jurabek Mirzamahmudov ishtirok etdi.

Loyihalar 18 oy ichida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ular orqali Afg‘oniston O‘zbekistondan 800–1000 megavatt elektr energiyasini import qiladi.

Asosiy loyihalar qatoriga Surxon–Dasht-i-Alvon 500 kV uzatish liniyasi, Arghandi podstansiyasini kengaytirish, Kobul–Sheyx Mesri 220 kV liniyasi hamda Nangarhorda yangi Sheyx Mesri podstansiyasi qurilishi kiradi.

Jurabek Mirzamahmudovning ta’kidlashicha, bu hamkorlik ikki xalq manfaatiga xizmat qilib, Afg‘oniston sanoati va iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga turtki bo‘ladi.

DABS rahbari Abdul Bari Umar esa, loyihalar mamlakatda sanoat, qishloq xo‘jaligi va bandlikni rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etishini bildirdi.

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!