×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasida energetika sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga olib chiqiladi

20.08.2025

O'zbekiston elchisi Baxtiyor Ibragimov Qozog'iston energetika vaziri Yerlan Akkenjenov bilan uchrashdi.

Vazir Yerlan Akkenjenov muloqot avvalida O'zbekiston tomoniga Qozog'istonning janubiy hududlarida kuchli shamol oqibatida yuzaga kelgan talafotlarni tezkorlik bilan bartaraf etishda ko'rsatilgan amaliy yordam uchun minnatdorlik bildirdi.

Muzokaralar chog'ida O'zbekiston-Qozog'iston o'rtasida energetika sohasidagi hamkorlikning ijobiy dinamikasi qayd etilgan holda, 2025-yilning ikkinchi yarimiga mo'ljallangan ikki tomonlama tadbirlar jadvali ko'rib chiqildi.

Tomonlar O'zbekiston Prezidentining 2024-yil avgust oyida Ostonaga amalga oshirgan tashrifi yakunlari bo'yicha imzolangan "Yo'l xaritasi"ga kiritilgan bir qator yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirilishiga e'tibor qaratdilar.

Bundan tashqari, "Qambarota-1" gidroelektrostansiyasi qurilishi, Qozog'iston, Ozarbayjon va O'zbekiston hukumatlari o'rtasida Kaspiy dengizi orqali "yashil" energiyani rivojlantirish va Yevropaga eksport qilish bo'yicha hamkorlikdagi loyihalar ijrosi yuzasidan fikr almashildi.

Karbon emissiyasini kamaytirish va iqlim o'zgarishi oqibatlarini yumshatish maqsadida qayta tiklanadigan energetika sohasida qo'shma loyihalarni amalga oshirishning muhimligi ta'kidlandi.

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!