“Yashil iqtisodiyot rivojlanish istiqbollari, muammolar va zamonaviy yechimlar” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahrida joylashgan INNO texnoparkida O‘zenergoinspeksiya, O‘ZLIDEP va Energetiklar milliy assotsiyatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan konferensiyada Respublika miqyosidagi yirik iste’molchilar vakillari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar va olimlar, jamoat tashkilotlari, xizmat ko‘rsatuvchi korxona va tashkilotlar ishtirok etdi.
Tadbirda elektr energiyasi ta’minoti va iste’molidagi muammolar, ularni hal etish, Yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, energiya samaradorlik va tejamkorlik, loyihalarni moliyalashtirish hamda investitsiyalarni jalb qilishdagi muammolar va zamonaviy yechimlar kabi masalalari muxokama qilindi.
Konferenetsiya yakunida O‘zenergoinspeksiya va Energetiklar milliy assotsiatsiyasi o‘rtasida yoqilg‘i-energetika sohasida samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikka qaratilgan memorandum imzolandi.
Unda kadrlar malakasini oshirish, mamlakatimiz energetika xavfsizligini yaxshilash bo‘yicha birgalikdagi loyihalarni amalga oshirish va ularda ishtirok etish masalalari qamrab olindi.