×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Oʻzbekistonning infratuzilma, raqamlashtirish va suv xoʻjaligi sohalaridagi loyihalarini moliyalashtirishni rejalashtirmoqda

03.10.2025

26-sentabr kuni Oʻzbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir Laziz Kudratovning Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Barqaror infratuzilma guruhi boʻyicha boshqaruvchi direktori Garri Boyd-Karpenter boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Muzokaralarda taʼkidlanishicha, YETKning Oʻzbekistondagi joriy portfeli umumiy qiymati $5,8 mlrd boʻlgan 185 ta loyiha va dasturni oʻz ichiga oladi.

Tomonlar energetika, transport, raqamlashtirish, shahar infratuzilmasini rivojlantirish va suv xoʻjaligi sohalaridagi istiqbolli tashabbuslarni muhokama qildilar.

Keyingi hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari orasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmlariga, birinchi navbatda, ijtimoiy ahamiyatga ega sohalarga eʼtibor qaratgan holda, no-suveren loyihalar portfelini kengaytirish, shuningdek, investitsiya loyihalarida grant moliyalashtirish hajmini oshirish belgilandi.

"Yumshoq" komponentlartexnik yordam, institutsional rivojlanish, raqamlashtirish va barqaror boshqaruvni qoʻllab-quvvatlashning ahamiyati alohida taʼkidlandi.

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!