×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

O‘zbekiston va Qozog‘iston suv-energetika sohasida hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda

07.10.2025

Sentabrda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston 2026-yilgacha suv-energetika hamkorligi to‘g‘risida bayonnoma imzolagan edi.

Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida “Markaziy Osiyo davlatlarining suv-energetika resurslari bo‘yicha hamkorligi” mavzusida Toshkent-Ostona videoko‘prigi bo‘lib o‘tdi.

Eslatamiz, sentabrda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston 2026-yilgacha suv-energetika hamkorligi to‘g‘risida bayonnoma imzolagan.

O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari Andrey Petrov Markaziy Osiyoda eng yirik gidroenergetika obyektlaridan biri - Qirg‘izistondagi Qambarota-1 GES qurilayotganini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, texnik topshiriq va texnik-iqtisodiy asosni ishlab chiqishda O‘zbekiston tomoni ham ishtirok etmoqda, bu esa, o‘z navbatida, kelajakda mazkur obyektdan birgalikda o‘zaro manfaatli foydalanishni osonlashtirishi mumkin.

“So‘nggi bayonnoma doirasida eng muhim masala - To‘qtag‘ul suv omborining o‘lik hajmiga yetishiga yo‘l qo‘ymaslik muhokama qilindi. Aks holda, bu nafaqat irrigatsiya, balki energetika ehtiyojlari uchun ham uning keyingi foydalanishini qiyinlashtiradi. O‘zbekiston kompensatsiya mexanizmlari bo‘yicha majburiyatlarni - yoz mavsumida kafolatlangan suv ta’minoti evaziga elektr energiyasi va boshqa energiya resurslarini yetkazib berishni bajarishga tayyorligini tasdiqladi”, - dedi Petrov.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti yetakchi ilmiy xodimi O‘tkir Tojiyev O‘zbekiston ichki darolarning gidroenergetika resurslarini faol rivojlantirayotganini qayd etdi.

“Pskom havzasida qurilish ishlari boshlandi, Chotqol darosini o‘zlashtirish rejalashtirilmoqda. Buning uchun suv resurslaridan foydalanish va har ikki tomonning energetik ehtiyojlarini muvofiqlashtirish maqsadida Qirg‘iziston bilan yaqin hamkorlik qilish kerak”, - dedi ekspert.

Munozaralar chog‘ida ekspertlar o‘zaro fikr almashishdi va jurnalistlar savollariga javob berishdi.

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!