“Ugam kichik GESlar kaskadi” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishildi
7-avgust kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalarning ijrosini o‘rganish hamda amaliy ishlar bilan yaqindan tanishish davomida loyihaviy quvvati 4,8 MVtga teng “Ugam kichik GESlar kaskadi” qurilish loyihasi obyektiga tashrif buyurdi.
Mazkur kaskad 3 ta GESdan iborat bo‘lib, joriy yilning yakuniga qadar to‘liq foydalanishga topshiriladi.
Tanishuv davomida Boshqaruv raisi A. Sanginov tomonidan loyihaning masʼul ijrochilariga kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish-montaj ishlarining sifatiga jiddiy eʼtibor qaratish, tasdiqlangan rejaga qatʼiy amal qilish borasida tegishli topshiriqlar berildi.