×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Xitoy kompaniyalari O‘zbekistonda yana ikki elektr stansiyasi quradi

16.04.2025

Quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish Jizzax va Qoraqalpog‘istonda rejalashtirilgan. O‘zbekistonning yashil iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan bir qator hujjatlar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan imzolandi.

Investitsiya bitimlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan xalqaro iqlim forumida imzolangan. Xususan, Xitoyning SANY Renewables International Investment Co., Ltd kompaniyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1000 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini quradi.
China Electrical Equipment International Company Limited esa Jizzax viloyatining Forish tumanida 500 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha bitim imzoladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil avgust oyida Prezident 1 milliard 200 million dollar qiymatga ega, 1 gigavatt quvvatli shamol elektr stansiyasi qurilishiga start bergan edi. Mazkur loyiha SANY Renewables kompaniyasi tomonidan Qo‘ng‘irot tumanida amalga oshirilmoqda.

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!