Hurmatli vatandoshlar!
“Gidroproyekt” AJ jamoasi nomidan barcha O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Mustaqilligimizning 34 yilligi bilan chin dildan tabriklaymiz!
O'tgan yillar davomida mamlakatimiz shonli taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tib, hayotning barcha sohalarida katta yutuqlarga erishdi. Bugun O‘zbekiston kelajakka dadil qadam bosib, keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirmoqda va xalqaro maydonda mavqeyini mustahkamlamoqda.
Bu yil o‘zining 95 yilligini nishonlayotgan “Gidroproyekt” AJ deyarli bir asr davomida Vatanimiz taraqqiyoti jarayonida ishtirok etayotganidan g‘ururlanadi. Gidrotexnika va gidroenergetika inshootlarini loyihalash sohasida Respublikamizning yetakchi tashkiloti sifatida biz Mamlakatimizning suv-energetika xavfsizligini mustahkamlashga va uning infratuzilmasini rivojlantirishga o‘z hissamizni qo‘shib kelmoqdamiz.
Yuqori malakali mutaxassislarimiz o‘ziga xos tajriba va bilimlari bilan murakkab texnik yechimlarni nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijiy mamlakatlarda ham samarali amalga oshirib, yurtimiz nomini dunyoga tanitmoqda.
Barcha yurtdoshlarimizga sihat-salomatlik, baxt, farovonlik, musaffo osmon va jonajon O‘zbekistonimiz ravnaqi yo‘lida yangi yutuqlar tilaymiz!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz do'stlar!