Gidroproyekt” AJda basketbol turniri yakuniga yetdi
“Gidroproyekt” aksiyadorlik jamiyatida bo‘linmalar o‘rtasida o‘tkazilgan basketbol turniri o‘z nihoyasiga yetdi. Turnir xodimlar uchun nafaqat sport bellashuvi, balki sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, jamoaviy ruhni mustahkamlash va do‘stona muhit yaratishga xizmat qildi.
Musobaqa 2ta bosqichda tashkil etildi: guruh bosqichi va pley-off. Avval jamoalar 2ta guruhga bo‘lingan holda maydonga tushdi va eng kuchli 2ta jamoa final bosqichiga yo‘l oldi.
Guruh bosqichi natijalari:
1-guruh:
1-o‘rin — ETB (3 g‘alaba, to‘plar farqi +12)
2-o‘rin — DMGIvaGTB
3-o‘rin — NvaIIB - LBG - GTB
4-o‘rin — “Gidroproyekt” terma jamoasi
2-guruh:
1-o‘rin — Rahbariyat (3 g‘alaba, to‘plar farqi +18)
2-o‘rin — GTB
3-o‘rin — GESBB
4-o‘rin — QTEMvaMikroGESlar sektori
Hal qiluvchi pley-off bahslarida g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:
Turnir yakuniy natijalari:
1-o‘rin — Rahbariyat
2-o‘rin — GTB
3-o‘rin — ETB
Turnir g‘oliblarini tabriklaymiz! Shuningdek, barcha ishtirokchilarga sportga bo‘lgan yondashuvi, jamoaviy birdamligi va haqqoniy o‘yin uchun tashakkur bildiramiz.
Mazkur turnir xodimlarimizga ijobiy kayfiyat ulashdi, yangi kuch-g‘ayrat bag‘ishladi va korporativ hamjihatlikni yanada mustahkamladi.