×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Kichik GES «Zarchob-3» O‘zbekiston energetika tarmog‘iga ulandi

03.09.2025

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi To‘palang daryosida joylashgan “Zarchob-3” nomli yangi gidroelektrostansiya (GES) muvaffaqiyatli ishga tushirildi. Dongfang Electric korporatsiyasining xabariga ko‘ra, stansiya allaqachon mamlakatning birlashtirilgan energetika tarmog‘iga ulandi va elektr energiyasi ishlab chiqara boshladi. Bu respublikaning energetik xavfsizligini mustahkamlashga hissa qo‘shmoqda.

Yangi energetika ob’yektining quvvati 16 Megavattni tashkil etadi, yillik elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi esa 70 million kilovatt-soatga yetishi kutilmoqda. Qurilish ishlari qisqa muddatlarda amalga oshirildi: GES poyiga birinchi tosh 2023-yil noyabr oyida qo‘yilgan edi, atigi bir yildan kamroq vaqt ichida esa stansiya ishga tushirildi. Bu sohadagi rivojlanishning tez sur’atlarini ko‘rsatadi.

“Zarchob-3” To‘palang daryosidagi gidroelektrostansiyalar kaskadining bir qismidir. Ilgari, 2020-yil dekabrida 37 Megavatt quvvatga ega “Zarchob-1” stansiyasi, 2021-yil sentyabrida esa 38 Megavatt quvvatga ega “Zarchob-2” stansiyasi ishga tushirilgan edi. Hozigicha ishlayotgan bu ob’yektlar allaqachon 48 mingga yaqin xonadonni “yashil” energiya bilan ta’minlamoqda, uchinchi stansiyaning ishga tushirilishi esa bu ko‘rsatkichni yanada oshirish imkoniyatini beradi.

Loyiha 2017-yilda Prezident farmoyishi bilan boshlangan kichik gidroenergetikani rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilmoqda. Sohaga xususiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida O‘zbekiston hukumati 20 yil muddatga yer uchastkalarini ijaraga berish va ishlab chiqarilgan barcha elektr energiyasini belgilangan tariflar asosida sotib olish kafolatlari kabi qulay shartlar yaratdi.

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!