×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Kelajak energiyasi: dunyo «suv akkumulyatorlari» qurilishida birlashmoqda

09.09.2025

55 dan ortiq hukumat va xalqaro tashkilotlar gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiyalari (GAES)ni rivojlantirish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Bu texnologiya xavfsiz va moslashuvchan toza energiya tizimini yaratishda muhim omil sifatida ko‘rilmoqda. Parijda o‘tgan xalqaro forumda Gidroakkumulyatsiyalovchi stansiyalar bo‘yicha Global alyans (GAPS) tomonidan «Yo‘l-yo‘riq qoidalari» taqdim etildi.

GAES bugungi kunda dunyodagi energiya saqlash quvvatining 90% ini tashkil etadi. Ularning ishlash tamoyili oddiy: ortiqcha energiya bo‘lganda suv yuqoriga chiqariladi, talab oshganda esa pastga tushib, turbinada elektr hosil qiladi va tizim barqarorligini ta’minlaydi.

Yangi qoidalar hukumatlarni uzoq muddatli energiya zaxiralari bo‘yicha milliy maqsadlar belgilashga, davlat-xususiy hamkorlikni kuchaytirishga va ekologik barqaror loyihalarga sarmoya kiritishga chaqiradi.

GAPS raisi, Avstraliyaning sobiq Bosh vaziri Malkolm Ternbullning ta’kidlashicha, «Faqat kuchli siyosiy iroda va yetakchilik bilangina GAESning to‘liq salohiyatini ochish mumkin».

Braziliya allaqachon milliy yo‘l xaritasini ishlab chiqqan bo‘lsa, Hamdo‘stlik davlatlari vakillari bu tashabbusni global toza energiyaga o‘tishda muhim qadam sifatida baholadi.

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!