×
Очки

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

"GIDROPROEKT" AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida axborot

02.03.2026

2026 yil 27 fevral kuni GIDROPROEKT AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Jamiyat Kuzatuv kengashi a’zolarining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish hamda ularning o‘rniga yangi a’zolarni saylash masalalari ko‘rib chiqildi.

Qabul qilingan qarorlarga muvofiq:

  • Kuzatuv kengashi a’zolari Soliev Erkin Tojialievich va Azimova Feruza Sunatulloevnaning vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi;

  • Jamiyat Kuzatuv kengashining yangi tarkibiga Shousmanov Tursun Ashir o‘g‘li va Shodmonov Abbosjon Yo‘qubjon o‘g‘li saylandi.

Shuningdek, shu kuni Jamiyat Kuzatuv kengashining majlisi o‘tkazildi. Majlisda:

  • Jamiyat Kuzatuv kengashining yangi raisi saylandi;

  • 2026 yil uchun tuzilgan ish rejasi tasdiqlandi;

  • boshqa tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Fikr-mulohaza shakli
Suhbat davomida javob beradigan savollaringiz bo'lsa - bizga yozing. Biz muloqot uchun ochiqmiz!