Qurbon hayiti — birlik va saxovat ramzi
Hurmatli do‘stlar va hamkasblar!
Sizlarni Qurbon hayiti bayrami bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Bu yorug‘ kun – iymon, mehr-shafqat va hamjihatlik ramzi bo‘lib, bizga yaxshilik va birdamlikning qadr-qimmatini eslatib turadi.
O‘z ishiga mas’uliyat va fidoyilik bilan yondashayotgan xodimlarimizga, shuningdek, umumiy maqsadlarimiz yo‘lida samarali hamkorlik qilayotgan barcha hamkor va hamkasblarimizga samimiy minnatdorchilik izhor etamiz.
Xonadonlaringizdan fayzu baraka, mehr-muruvvat va totuvlik arimasin, hayotingiz quvonch va farovonlikka to‘la bo‘lsin!
Eng ezgu tilaklar bilan,
«Gidroproekt» AJ