"Gidroproekt" AJda ijro intizomini takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilandi
“Gidroproekt” AJda o‘tkazilgan yig‘ilishda topshiriq va vazifalarning o‘z vaqtida, sifatli hamda to‘liq bajarilishini ta’minlash, mas’uliyatni oshirish va ish samaradorligini kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tadbirda “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari B. Amirsaidov ishtirok etib, gidroenergetika tarmog‘ida amalga oshirilayotgan islohotlar va yirik loyihalar natijadorligi har bir xodimning mas’uliyatli yondashuviga bevosita bog‘liqligini ta’kidladi.
Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-maydagi PQ–163-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, belgilangan vazifalarni samarali bajarish, nazoratni kuchaytirish va ish samaradorligini oshirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilandi.
Yakunida barcha tarkibiy bo‘linmalar oldiga qo‘yilgan vazifalarni belgilangan muddatlarda va yuqori sifat bilan bajarish muhimligi alohida qayd etildi.