Generatsiyada “yashil” energiya ulushining ortishi tabiiy gazga bo‘lgan bog‘liqlikni kamaytirmoqda
2026-yilda elektr stansiyalar ishlab chiqargan elektr energiyasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6 foizga ko‘pni tashkil qildi.
Bugungi kunda yurtimizda jami 157 ta elektr stansiya mavjud – ularning umumiy o‘rnatilgan quvvati 27 343 MVt.
Shundan:
- IES/IEMlar – 17 774 MVt
- GESlar – 2 442 MVt
- QFES – 3 930 MVt
- ShES – 1652 MVt
- Batareya – 1 545 MVt.
2026-yil boshidan bugungi kungacha barcha elektr stansiyalar tomonidan 42,2 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 2,3 mlrd kVt·soat yoki 6 foizga ko‘pni tashkil qiladi.
Qolaversa, joriy yil boshidan bugun, 15-iyun kuni holatiga O‘zbekistondagi barcha gidro, quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 9,8 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 1,8 mlrd kVt·soat yoki 23 foizga ko‘pni tashkil qiladi.